Maqola yuborish tartibi
JURNALGA MAQOLA YUBORISH TARTIBI
- Elektron ilmiy jurnalda chop etish uchun maqolalar ikki xil usulda qabul qilinadi:
- a) Elektron jurnal veb sahifasining tepa o‘ng qismidagi “maqola taqdim etish” tugmasi orqali: Bunda avval “maqola taqdim etish” tugmasi bosiladi va paydo bo‘lgan yordamchi oynadan “maqolani yuklash” va “jo‘natish” tugmalari birin-ketin navbati bilan bosiladi. Maqola word fayl .docx formatida yuboriladi.
- b) Muallifning shaxsiy pochtasidan info@otujournal.uz ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri maqola matni, mualliflik huquqi shakli ilovaga joylangan holda xat jo‘natish yo‘li bilan.
- Muallif tomonidan taqdim etilayotgan ilmiy maqola mavzusi “OTU ilmiy axborotnomasi” elektron ilmiy jurnalining “Bo‘limlar” ruknida keltirilgan yo‘nalishlarning biriga mos kelishi shart.