Chop etish tartibi
JURNALDA MAQOLALARNI ChOP ETISh TARTIBI
- Ilmiy maqolalar elektron jurnalning “Maqolani taqdim etish shartlari” ruknida keltirilgan talablar asosida rasmiylashtirilgandan keyin chop etishga taqdim qilinadi. Ilmiy maqolaning matnini info@otujournal.uz elektron pochta manziliga yuborish kerak.
- Elektron ilmiy jurnalda chop etish uchun taqdim qilingan ilmiy maqolalar jurnal tahririyati tomonidan yo‘nalishlar kesimida mas’ul soha mutaxassislariga taqriz uchun beriladi. Ijobiy taqriz berilgan ilmiy maqolalar tahririyatga kelib tushish tartibi bo‘yicha elektron ilmiy jurnal sonlarida ketma-ketlikda chop etilib boriladi.
- Taqrizda jiddiy kamchiliklar ko‘rsatilgan ilmiy maqolalar ularning mualliflariga qaytadan ko‘rib chiqish uchun qaytarib beriladi. Jurnal ilmiy yo‘nalishlariga mos kelmaydigan ilmiy maqolalar chop etilmaydi va muallifga qaytarib berilmaydi.
- Ilmiy maqolalar mualliflarining huquqlari O‘zbekiston Respublikasining 20.07.06 yilda qabul qilingan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonun asosida himoyalanadi.