Jurnal haqida
“OTU ilmiy axborotnomasi” elektron ilmiy jurnali 2024-yil 15-oktabrda tashkil etilgan. Osiyo texnologiyalar universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining №00000-raqamli Guvohnomasi asosida “OTU ilmiy axborotnomasi” ilmiy elektron jurnalini nashr etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Jurnalda maqolalar o‘zbek, rus, ingliz tillarida nashr etiladi.
Mazkur elektron ilmiy jurnalda mualliflar o‘zlarining pedagogika, tarix, filologiya va iqtisodiyot fanlari bo‘yicha muammolar yechimiga qaratilgan maqolalarini chop etishlari mumkin.
“OTU ilmiy axborotnomasi” jurnalining asosiy maqsadi
pedagogika, falsafa, tarix, filologiya va iqtisodiyot fanlari sohasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalarini chop etish, ilmiy salohiyatli mutaxassislarniig tajribalarini ommaviylashtirish, fundamental va innovatsion ilmiy jarayonlar xabarlari, yurtimiz va xorijiy mamlakatlar olimlari bilan aloqalarni keng yoritishdan iborat;
ilm-fan sohasida olib borilayotgan tub islohotlarning mohiyatini tushuntirish;
yurtimiz hududida va jahonda yuz berayotgan ilmiy, nazariy-uslubiy yangiliklarni yoritish;
ilmiy-nazariy, fanlar yo‘nalishida olib borilayotgan dolzarb ilmiy izlanishlar salohiyatini yana-da yuksaltirish, ilm-fan yutuqlarini keng targ‘ib qilish, yangi texnologiyalarni joriy etish, olimlarning ilmiy faoliyatiga har tomonlama ko‘maklashish uchun imkoniyat yaratish jurnalning bosh maqsadidir.
“OTU ilmiy axborotnomasi” jurnalining asosiy vazifasi
O‘zbekiston Respublikasida fan va texnologiyalar modernizatsiyasi borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar, iqtidorli va salohiyatli yoshlarni izlab topish va ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltirish orqali jamiyatimizda sohaning yetuk kadrlarini tayyorlashga ko‘maklashish;
ilmiy tahlil etish, uning natijalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha xorijiy davlatlar mutaxassislari ishlarini umumlashtirish va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
iqtidorli talabalarning ilmiy ish yuzasidan malakasini oshirish borasida mamlakatda yaratilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar haqida maʼlumotlar berib borish;
Jurnalning Internet tarmog‘dagi manzili https://ojs.otu-edu.uz deb nomlanadi.